1

Isroil Eron hududiga raketa hujumi uyushtirdi

Dunyo 19.04.2024, 09:19
Isroil Eron hududiga raketa hujumi uyushtirdi

Eronda portlashlar eshitilmoqda, havo mudofaasi ishlamoqda. 

Mamlakat g`arbidagi aeroportlar faoliyatini to`xtatdi. Eron avvalroq Isroil hujum qilsa, darhol va kuchli javob qaytarilishi haqida ogohlantirgan edi. Birja neft narxi keskin ko`tarila boshladi

Isroil Eron hududiga hujum qildi, deya xabar bermoqda ABC, CBS, CNN va Fox Amerika rasmiylaridagi manbaga tayanib. Telekanallar hujum raketalar yordamida amalga oshirilganiga aniqlik kiritishgan, nishonlar yadroviy inshootlarga taalluqli emasligi qayd etilgan.

Isroil AQShni Eronga 24-48 soat ichida zarba berish rejalari haqida oldindan ogohlantirgan, deb xabar berdi Bloomberg manbasi. "Biz buni qo`llab-quvvatlamadik", degan manba CNNga.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1