1

Turkiyada dovul sabab masjid minorasi qulab tushdi (video)

Dunyo 22.04.2024, 09:39
Turkiyada dovul sabab masjid minorasi qulab tushdi (video)

Turkiyada kuchli to`fon tufayli Chankiri shahridagi Bademli masjidining ikki minorasidan biri qulab tushdi. Minora qulagan lahza videoga muhrlandi.

Zamon.uz bergan xabarga ko`ra, bir minora butunlay vayron bo`lgan, ikkinchisi o`rnida qolgan. Minora qulagan paytda ko`chada hech bo`lmagan, shuning uchun hodisa qurbonlarsiz bo`ldi. To`xtab turgan ikkita mashina shikastlangan. Hududga qutqaruvchilar va o`t o`chirish brigadalari yuborilgan.

"Boshqa minorada ham muammolar bor, u chayqalib turibdi. Shuning uchun biz ehtiyot choralarini ko`rdik", — dedi Chankiri hokimi.

Bo`ron tufayli shahar markazida daraxtlar qulab tushdi, ba`zi binolarning tomlari uchib ketdi. Shuningdek, joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lgan.

Chankiri Anqaradan 140 km shimoli-sharqda joylashgan. Qadimda bu shahar Germanopolis nomi bilan mashhur bo`lgan.

Shanba kuni Turkiyaning ko`plab hududlarida bo`ronlar kuzatildi. Antaliyaning Kemer hududida shamol tezligi soatiga 118 kilometrga etdi. Ma`lum qilinishicha, sohillarda ulkan to`lqinlar paydo bo`lib, daraxtlar qulab tushgan.

Dovul tufayli Antaliyada ham minorali binolarda favqulodda holat yuz berdi. Chitliqli masjidi minorasining konusi uchib ketgan. U yaqin atrofdagi apelsin bog`iga borib tushdi, deya xabar beradi Sozcu.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1