1

So`x tumaniga ham sel keldi

Jamiyat 22.04.2024, 22:05
So`x tumaniga ham sel keldi

Farg`ona viloyatining So`x tumanidagi bir necha qishloq va mahallalarga sel keldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lum qildi.

Unga ko`ra, 2024 yil 19 aprel kuni O`zgidromet tomonidan Farg`ona viloyatining tog` va tog`li hududlarida kuchli yomg`ir yog`ishi va sel kelish xavfi haqida ogohlantirilgan.

Bugun, 22 aprel kuni esa Farg`ona viloyati So`x tumanidagi “Lembur” MFY “Mayravot” sel yo`li, “Qalacha” MFY “Qalacha” sel yo`li hamda “Malbut” qishlog`idagi qir adirlarda toshqin kuzatilgan.

Qirg`iziston Respublikasida yoqqan yomg`irlar natijasida mavjud sel yo`llari suvga to`lgan. 

"Sel-suv toshqinlarini oldini olishga qaratilgan maxsus taktik o`quv mashqlari hamda belgilangan manzilli dasturlar asosida sel yo`llari ta`mirlanganligi sababli aholi xonadonlar va infratuzilmalarga ziyon etmadi", deyiladi xabarda.

Avtomobillar qatnov qismidagi tosh shag`allar So`x tuman hokimligi hamda hamkorlikdagi tegishli xizmatlar tomonidan yo`llar tozalanib, avtomobillar qatnovi yo`lga qo`yilgani aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1