1

Lavrov Rossiya chegarasida tojiklarning nega tekshirilayotganini tushuntirdi

Dunyo 01.05.2024, 10:23
Lavrov Rossiya chegarasida tojiklarning nega tekshirilayotganini tushuntirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sirojiddin Muxriddin bilan telefon orqali qo`ng`iroq qildi. Suhbat chog`ida Lavrov “Rossiya xizmatlari tomonidan terrorizmning oldini olish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar haqida qo`shimcha batafsil tushuntirishlar berdi”.

29 aprel kuni Tojikiston TIV Rossiya elchisiga tojik fuqarolari huquqlari buzilgani uchun norozilik bildirdi.

Sergey Lavrovning ishontirishicha, mamlakatga kelayotgan xorijliklarni sinchiklab tekshirilishi Krokus-siti xolldagi terakt bilan bog`liq va u muayyan millat yoki dinga qarshi qaratilgan emas. Vazirning qayd etishicha, bu tekshiruvlar vaqtinchalik.

“Tomonlar Rossiya-Tojikiston o`rtasidagi vaqt sinovidan o`tgan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlariga g`amxo`rlik qilish, ularning ijobiy dinamikasini saqlab qolish va mustahkamlash zarurligi to`g`risida bir ovozdan fikrda”, - deyiladi Rossiya TIV matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o`tamiz, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi 28 aprel kuni respublikaning mingga yaqin fuqarosi Moskva aeroportlarida qolib ketgani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, OAV 22 apreldan beri Orenburg viloyatidagi Qozog`iston-Rossiya chegarasida Tojikiston davlat raqamlariga ega 180 ga yaqin avtomobil tiqilib qolganini yozgan. Shu fonda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi o`z fuqarolariga o`ta zarurat bo`lmasa, Rossiyaga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi.

27 aprel kuni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova tekshiruvlarni Crocus City Halldagi teraktdan keyin kuchaytirilgan xavfsizlik choralari bilan izohladi.

22 mart kuni kechqurun qurollangan odamlar Crocus City Hallga bostirib kirib, o`t ochgan, shundan so`ng ular konsert majmuasini yoqib yuborishgan. Oqibatda 145 kishi halok bo`lgan, 500 dan ortiq kishi yaralangan, 12 kishi, jumladan, Tojikiston fuqarolari ham bor.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1