AsosiyDunyo

Rossiya Ukrainaning sobiq prezidentini qidiruvga berdi

'Rossiya Ukrainaning sobiq prezidentini qidiruvga berdi'ning rasmi

Rossiyada Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko qidiruvga berildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi sobiq Ukraina rahbarini mamlakat bo`ylab qidiruvga bergan. Vazirlik Poroshenko jinoiy xatti-harakati uchun qidiruvda ekanini ma`lum qilgan.

Pyotr Poroshenko 2014-2019 yillarda Ukraina prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Ukraina sharqidagi viloyatlar mustaqillik e`lon qilishi va Qrimning Rossiyaga o`tishi fonida Pyotr Poroshenkoning prezidentligi ziddiyatli kechgani aytiladi.

4 may kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyni ham qidiruvga bergan edi. Bu to`g`risidagi xabar vazirlik ma`lumotlar bazasida paydo bo`lgan. Zelenskiy Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining aynan qaysi moddasi bo`yicha qidiruvga berilgani ochiqlanmagan.

Shuningdek, ichki ishlar vazirligi Ukraina sobiq mudofaa vaziri va Ukraina quruqlik kuchlari qo`mondonini ham qidiruvdagi shaxslar ro`yxatiga kiritgan.

    Boshqa yangiliklar