1

Urush qatnashchilarining eng ko`pi Toshkent shahrida yashaydi, eng kam qolgan hudud esa…

Jamiyat 09.05.2024, 10:50
Urush qatnashchilarining eng ko`pi Toshkent shahrida yashaydi, eng kam qolgan hudud esa…

2023 yilda O`zbekistonda 174 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo`lgan bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 112 nafarga kamaygan. 

Ma`lum bo`lishicha, Respublikaning turli viloyatlarida sanoqli faxriylar qolgan:

Toshkent – 42, Sirdaryo – 1, Qoraqalpog`iston – 2, Buxoro viloyati – 6 ta, Qashqadaryo – 8, Namangan viloyati – 4 ta, Surxondaryo – 3, Andijon viloyati – 5, Jizzax viloyati – 3 ta, Navoiy viloyati – 4, Samarqand viloyati – 4, Toshkent viloyati – 16, Farg`ona viloyati – 9, Xorazm – 5. 

O`zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan tashqari 5271 nafar mehnat faxriysi istiqomat qiladi, ular ham G`alabaga beqiyos hissa qo`shgan. Har yili faxriylar sanatoriylarga bepul tashrif buyurishlari mumkin. Joriy yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironlarining har biriga 20 million so`m miqdorida bir martalik nafaqa to`lanadi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1