AsosiyJinoyat
3351

“Boxo zavxoz” laqabi bilan tanilgan Bahodir Sultonov 10 yilga qamaldi

'“Boxo zavxoz” laqabi bilan tanilgan Bahodir Sultonov 10 yilga qamaldi'ning rasmi

16 may kuni jinoyat ishlari bo`yicha Olmazor tuman sudida sud hukmi bilan “Boxo zavxoz” va “Terminator” laqablari bilan tanilgan Bahodir Sultonov hamda u bilan bir ish doirasida qamoqqa olingan Navoiydagi avtosalon direktori Niyoz Ibodovga jazo tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudi darakchi.uz'ga ma`lumot qildi.

Qayd etilishicha, ular Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko`p miqdorda tovlamachilik) “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Sud hukmi bilan Bahodir Sultonovga 10 yil, Niyoz Ibodovga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sud Bahodir Sultonovni o`ta xavfli residivist deb topgan.

Ma`lumot uchun, 55 yoshli Bahodir Sultonov 1994 yili JKning bir nechta moddalari bilan ayblanib, o`lim jazosiga hukm qilingan. Oradan bir necha oy o`tib, mazkur jazo 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga o`zgartirilgan. U 2016 yili ozodlikka chiqqan.

Niyoz Ibodov Toshkent shahrida o`tkazilgan “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlar vaqtida qo`lga olingan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar