AsosiyDunyo
1321

Salmon bin Abdulaziz al-Saud pnevmoniya tashxisi qo`yildi

'Salmon bin Abdulaziz al-Saud pnevmoniya tashxisi qo`yildi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al-Saud pnevmoniyaga chalinib, kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.

Unga Jidda shahridagi shifoxonada shunday tashxis qo`yilgan. Qirol yuqori isitma va bo`g`imlardagi og`riqlar tufayli tekshiruv uchun 19 may kuni kasalxonaga yotqizilgan.

“Ikki muqaddas dargoh qo`riqchisi Jidda shahridagi "As-Salom" qirollik klinikasida tibbiy ko`rikdan o`tdi, unda pnevmoniya borligi aniqlandi va shifokorlar yallig`lanishni to`xtatish uchun qirol antibiotik terapiyasini olishi kerakligiga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.

Bundan avval Salmon bin Abdulaziz al-Saud 24 aprel kuni kasalxonaga yotqizilgandi. O`shanda u rejali tekshiruvdan so`ng kasalxonadan chiqarilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar