AsosiySport
4732

Umumiy jamoa hisobida O`zbekiston uchinchi o`rinni egalladi

'Umumiy jamoa hisobida O`zbekiston uchinchi o`rinni egalladi'ning rasmi

Turkiyaning Istanbul shahrida kikboksing bo`yicha o`tkazilgan jahon kubogida O`zbekiston terma jamoasi a`zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur jahon kubogida dunyoning 42 ta mamlakatidan 3760 nafardan ziyod sportchilar turli yosh toifalarida medallar uchun o`zaro raqobatlashdi. Bo`lib o`tgan bellashuvlarda O`zbekiston terma jamoasi a`zolari 18 ta oltin, 8 ta kumush, 19 ta bronza, jami 45 ta medalni qo`lga kiritdi.

Qizg`in o`tgan kikboksing janglarida, umumiy jamoa hisobida, musobaqa mezboni bo`lgan Turkiya termasi birinchi, Avstriya termasi ikkinchi, O`zbekiston terma jamoasi esa uchinchi o`rinni egalladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar