AsosiyJamiyat
2123

Toshkent hududida magnitudasi M≤6,5 bo`lgan zilzilalar sodir bo`lish xavfi bor

'Toshkent hududida magnitudasi M≤6,5 bo`lgan zilzilalar sodir bo`lish xavfi bor'ning rasmi

Toshkent shahri hududida magnitudasi M≤6,5 bo`lgan zilzilalar sodir bo`lish xavfi bor. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova ma`lum qildi.

Tarixiy va instrumental ma`lumotlar bazasiga ko`ra shahar hududida 1868, 1886, 1924 va 1966 yillarda magnitudasi  M=6.5, M=6.0 va M=5.3 seysmik jadalligi bo`yicha 7,8 - 9 ballik zilzilalar qayd qilingan.

Shuningdek 1980 yilda magnitudasi M=5.5 bo`lgan seysmik jadalligi 8 ballgan teng Nazarbek zilzilasi sodir bo`lgan.  

Loyihani amaliyotga tadbiq etish orqali zamonaviy IT-texnologiyalari asosida Toshkent shahrining muhandis-geologik sharoitini va bino-inshootlarning konstruktiv turlarini hamda ularning seysmik zaifliklarini aniqlab hisobga olgan holda hududda sodir bo`lish ehtimoli yuqori bo`lgan 7, 8 va 9 ballik zilzilalardagi iqtisodiy talafotlarini baholashning ilmiy asoslangan similyasion modeli ishlab chiqiladi.

Tadqiqot natijasida grunt va binolarning tizimli tebranish xususiyatlari aniqlanadi va episentral zonalardagi va undan tashqarisida seysmik tebranishlarning tarqalishi va so`nish ko`rsatkichlari matematik modellashtirish asosida baholanadi.

Shuningdek, hududning har bir nuqtasi uchun zilzilaning manba parametrlari asosida sintetik akselerogramma yaratiladi.

Toshket shahri hududida sodir bo`lish ehtimoli yuqori bo`lgan zilzila o`chog`larining seysmik xavfi baholanadi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar