AsosiyJamiyat
1463

Poliklinikada shifokorlarga navbat kutish vaqti qanday kamaytiriladi?

'Poliklinikada shifokorlarga navbat kutish vaqti qanday kamaytiriladi?'ning rasmi

Bugun Prezident ishtirokida o`tkazilgan yig`ilishda ma`lum qilinishicha, sog`liqni saqlash sohasida aholi murojaatlarining 30 foizigina birlamchi bo`g`inda hal bo`layapti. Ayrim kasalliklar bo`yicha davolash uslublari eskirgan. Hamshiralarning ish doirasi keng emas.

Bugungi kunda gipertoniya, yurak ishemik va surunkali o`pka xastaliklari, bronxial astma, qandli diabet, gepatit kabi eng ko`p uchraydigan 7 ta kasallik guruhi bo`yicha davolash standartlari xalqaro talablar asosida yangilandi. Yil yakunigacha yana 300 ta klinik protokollar qayta ko`rib chiqiladi. Bemorlarga odatiy tekshiruvlarni belgilash, dorisiz davolash kabi vazifalar shifokordan hamshiraga o`tkaziladi. Poliklinikalarda bemorlar harakati tartibga solinib, shifokorlarga navbat kutish vaqti kamaytiriladi.

Ma`lumki, uch yil avval tajriba tariqasida Sirdaryo viloyatida tibbiy sug`urta mexanizmlari yo`lga qo`yilgan edi. Bu sohadagi ko`plab kamchiliklarni ko`rsatib berdi.

Tibbiyot muassasalari etarlicha raqamlashtirilmagani sababli sug`urta tizimi to`liq ishlamayapti. Shifokorlarning ko`p vaqti hisobot to`ldirishga ketayapti.

Shu bois Toshkent shahrida sohani raqamlashtirish bo`yicha namunaviy tizim yaratish vazifasi qo`yildi. Buning uchun barcha muassasalar yangi kompyuter va texnika vositalari bilan jihozlanadi. Yil yakunigacha “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” tizimlari ishga tushiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar