AsosiyJinoyat
1607

Toshkentda jazo o`tash joyini boshqa koloniyaga o`zgartirib berishni va`da qilganlar qo`lga olindi (video)

'Toshkentda  jazo o`tash joyini boshqa koloniyaga o`zgartirib berishni va`da qilganlar qo`lga olindi (video)'ning rasmi

IIV xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yashnobod tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda jazo muddatini o`tash joyini pul evaziga o`zgartirib berishni va`da qilgan shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

O`tkazilgan tadbirda 1976 yilda tug`ilgan muqaddam sudlangan ikki nafar shaxs Bo`ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o`tayotgan tanishi orqali ushbu manzil koloniyasidagi yana bir mahkumni Ohangaron yoki Olmaliq shahridagi manzil koloniyalaridan biriga o`tkazib berish evaziga 1 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 2-qismi "b" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ikki nafar shaxs JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar