1

Bog`chada qo`llari ko`kartirib tashlangan qizchaga tibbiy ekspertiza tayinlandi

Jamiyat 22.05.2024, 21:16
Bog`chada qo`llari ko`kartirib tashlangan qizchaga tibbiy ekspertiza tayinlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi bog`chada 2 yashar qizchaning qo`llari ko`kartirib tashlangani haqidagi xabarlar tarqaldi. 

Bolalar ombudsmanining ma`lum qilishicha, Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida joylashgan oilaviy bolalar bog`chasida joriy yilning 20 may kuni guruh tarbiyachisi Q.M. (2002-yilda tug`ilgan) xonadan chiqib ketgan vaqtida tarbiyalanuvchi A.Sh.(2021 yilda tug`ilgan, qiz bola) ni boshqa tarbiyalanuvchi Z.K. (2022 yilda tug`ilgan) qo`llaridan tishlab, turli ko`rinishdagi tan jarohatlarini etkazgan.

 Mazkur holat yuzasidan voyaga etmagan A.Sh. ning onasi M.S 2024 yil 20 may kuni Kattaqo`rg`on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. 

Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga etmagan A.Sh. ga nisbatan etkazilgan jarohatlarning darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan

.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1