AsosiyDunyo
2414

Jerar Deparde surkashga hujum qilganlikda ayblanmoqda

'Jerar Deparde surkashga hujum qilganlikda ayblanmoqda'ning rasmi

Fransiyalik aktyor Jerar Deparde Rimda suratkash Rino Barillariga hujum qilganlikda ayblanmoqda.

Jerar Deparde ikki ayol bilan barda o`tirganida, fotograf Rino Barillari ularga yaqinlashib, suratga olishni boshlaydi. Aktiyor bir necha bor suratga olishni to`xtatishni so`ragan, biroq u to`xtamagan. Jurnalistlarning so`zlariga ko`ra, Depardening hamrohlaridan biri  uning orqasidan ergashib, baqira boshlagan. Keyin aktyorning o`zi kelib, fotografni kaltaklagan.

Magda Vavrusovaning advokatining matbuotga aytishicha, Rino Barillari ayolni “zo`ravonlik bilan itarib yuborgan”, Jerar Deparde esa uning himoya qilgan. Aktyorning hamrohi kasalxonaga yotqizilgan va fotografni sudga berishni rejalashtirgan.

Shu bilan birga, Barillarining o`zi ham Deparde kamerani olib qo`yganida unga muz bo`lagi uloqtirganini iddao qilmoqda. 

Oktyabr oyida Deparde jinsiy zo`ravonlik uchun sudga tortilgan edi. 29 aprel kuni Deparde Parijda hibsga olingan, biroq keyinroq qo`yib yuborilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar