AsosiyJamiyat
1095

Bahodir Jalolov janglardan oladigan gonorarini nimaga sarflashini aytdi

'Bahodir Jalolov janglardan oladigan gonorarini nimaga sarflashini aytdi'ning rasmi

Superog`ir vazn toifasidagi professional bokschimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov gonorarlarini qay maqsadlarga ishlatgani haqida gapirdi.

"To`g`risini aytsam, yarmiga yaqinini ustozlarimga berdim. Sababi, shuncha qilgan mehnatimiz, natijalarimizda ustozlarimiz asosiy rolda. Qolganini o`zimning oilamga sarfladim. Onamni Umra safariga jo`natdim. Bizda, ya`ni, musulmonlarda Haj-Umra muhim hisoblanadi. Shuning uchun, onamni Umra safariga jo`natdim va oilamning kamchiliklarini to`ldirdim. 

Singillarim, opalarimga qarashdim, chunki otam yo`q. Ularga ota o`rnida otaman. Shuning uchun, ularga ham yordam berdim. Shuningdek, pullarimning ma`lum qismini o`zimning kamchiliklarimga ishlatdim", dedi Jalolov AIBA matbuot xizmatiga bergan intervyusida. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar