AsosiyDunyo
1674

Pashinyan uchgan vertolyot favqulodda qo`ndirildi

'Pashinyan uchgan vertolyot favqulodda qo`ndirildi'ning rasmi

Kecha, 25 may kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o`tirgan vertolyot shimoliy hududga jo`nab ketish davomida favqulodda qo`nishga majbur bo`ldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Pashinyan Gruziya bilan chegaradosh Tashir shahriga uchayotgan bo`lgan. Yomon ob-havo sharoiti sabab vertolyot tezkor qo`ndirilgan.

Hodisa Armaniston shimolidagi tog`li Lori viloyatida yuz bergan. Nikol Pashinyanning vertolyoti Lori viloyatining markazi, mamlakatdagi uchinchi eng yirik shahar bo`lgan Vanadzor yaqinida qo`ndirilgan.

Shundan so`ng Pashinyan o`zining Facebook sahifasida post qoldirib, sayohatni endi mashinada davom ettirishini yozgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar