AsosiyDunyo
2805

Qozog`istondagi o`zbekistonliklar ogohlantirildi

'Qozog`istondagi o`zbekistonliklar ogohlantirildi'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasida bo`lib turgan va tranzit yo`nalishida harakatlanayotgan O`zbekiston fuqarolari ogohlantirildi. 

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabariga ko`ra, so`nggi kunlarda Qozog`iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo`llarda harakatlanish bilan bog`liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli Respublika darajasidagi avtoyo`llarda harakatlanish cheklangan.

«Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolaridan yo`llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat`iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo`lmaganda uzoq masofali yo`llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so`raymiz» deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar