AsosiySiyosat
2761

Rossiya Federasiyasi Prezidenti davlat tashrifi bilan O`zbekistonga keldi

'Rossiya Federasiyasi Prezidenti davlat tashrifi bilan O`zbekistonga keldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26 may kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Prezidentini davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko`tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 27 may kuni bo`lib o`tadi.

Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini ko`rib chiqadilar.

Sammit yakunlari bo`yicha ikki tomonlama hujjatlar to`plami qabul qilinishi rejalashtirilgan. Prezidentlar, shuningdek, O`zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig`ilishida ham ishtirok etadilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar