AsosiyJamiyat
2311

Shavkat Mirziyoev va Putin "G`alaba bog`i" yodgorlik majmuasiga bordi

'Shavkat Mirziyoev va Putin "G`alaba bog`i" yodgorlik majmuasiga bordi'ning rasmi

O`zbekiston-Rossiya sammiti doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi «G`alaba bog`i» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.

Ko`p millatli xalqlarimiz ko`p asrlik umumiy tariximiz va uning yorqin sahifalari, jumladan, Ikkinchi jahon urushidagi G`alabani alohida hurmat-e`tibor bilan yod etadilar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida “Inson qadri uchun” tamoyili islohotlar dasturining mutlaq ustuvor yo`nalishiga aylandi. Xususan, o`zbekistonliklarning urush janggohlarida ko`rsatgan qahramonligi va front ortidagi fidokorona mehnatini abadiylashtirish uchun davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2020 yil 9 mayda “G`alaba bog`i” ochildi.

Keng majmua bir nechta hududga bo`lingan bo`lib, har biri alohida mavzuga bag`ishlangan – urush dahshatlari va askarlar qahramonligi, front ortidagi ishchilar matonati va fidoyiligi, qayg`u va dard, shodlik va shukronalik.

Bu erga tashrif davomida O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari halok bo`lgan askarlarning xotirasini yodga oldilar va urush dastidan besh nafar o`g`lidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova xotirasiga o`rnatilgan “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo`ydilar.

Majmuaning eng yuqori nuqtasi – sun`iy tepalik cho`qqisida “Abadiy jasorat” kompozisiyasi – Sovet Ittifoqi Qahramoni general-mayor Sobir Rahimov va Ikkinchi jahon urushida qatnashgan barcha o`zbekistonlik askarlar xotirasiga bag`ishlangan yodgorlik o`rnatilgan.

Tepalik ichida bog`ning asosiy paviloni – O`zbekistonning urushdagi ishtiroki tarixiga bag`ishlangan Shon-sharaf muzeyi joylashgan.

Etakchilar muzeyning boy ekspozisiyasi bilan tanishib, shonli o`tmishimiz haqidagi xotirani asrab-avaylash muhimligini ta`kidladilar. Tarixiy merosni e`zozlash yoshlarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalash va xalqlar o`rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim o`rin tutishi alohida qayd etildi.

G`alaba bog`ining mahobati va salobati Rossiya delegasiyasi a`zolarida katta taassurot qoldirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar