AsosiyJamiyat

Viloyatliklarni haqorat qilgan “hurliqo” qamoqdan chiqdi

'Viloyatliklarni haqorat qilgan “hurliqo” qamoqdan chiqdi'ning rasmi

Viloyatliklarni tilga olib bo`lmas so`zlar bilan haqorat qilib, shu qilmishi uchun 15 sutkaga qamalgan 21 yoshli qiz sud tomonidan belgilangan ma`muriy qamoq jazosini to`liq o`tab chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 21 yoshli qiz viloyatliklarni haqoratlagani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lgan edi.

Mazkur video tarqalgach, qiz Ichki ishlar bo`limiga olib kelingan va unga nisbatan 3-iyun kuni sud majlisi o`tkazilgan.

 Sud hukmiga ko`ra, qiz Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va unga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan. 
 

Shuningdek, undan qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar uchun 765 ming so`m undirish belgilangan.

Qiz sud qarori ustidan apellyasiya bermagan. U tug`ilgan kunini qamoqda o`tkazgan.

Qizning otasi farzandining qilmishi yoshlikdagi xatolik ekanini aytib, qizining aksariyat tanishlari ham viloyatliklar ekanini, qolaversa, o`zi va ayoli ham viloyatdan ekanini aytgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar