AsosiyJamiyat

Toshkentdagi “Buyuk Turon” ko`prigi transportlar harakati uchun yopildi

'Toshkentdagi “Buyuk Turon” ko`prigi transportlar harakati uchun yopildi'ning rasmi

Mirzo Ulug`bek tumani Temur Malik ko`chasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda, deya xabar qildi tuman hokimligi.

Shu sabab bugun, 20 iyun soat 21:00dan boshlab,  2024 yil 1 avgust kuniga qadar Temur Malik ko`chasining Buyuk Ipak yo`li ko`chasi bilan kesishmasidagi ko`prik, “Buyuk Turon” ko`prigi  avtoulovlar harakati uchun yopiladi.

Avtoulovlar harakatida: Buyuk Ipak yo`lidan harakatlanayotgan avtoulovlar Temur Malik yo`li bilan aylanib o`tib, o`z harakatlarini davom ettirishi mumkin bo`ladi.  Avtoulovlarning harakatini tartibga keltirish maqsadida ushbu yo`llar kesishmasida maxsus svetoforlar o`rnatildi.


 

 

    Boshqa yangiliklar