AsosiyJamiyat

Hududda 1 avgustga qadar rekontsruksiya ishlari olib boriladi

'Hududda 1 avgustga qadar rekontsruksiya ishlari olib boriladi'ning rasmi

1 avgustga qadar Toshkent shahridagi Temur Malik ko`chasi (Toshkent halqa yo`li) kengaytirilishi munosabati bilan Buyuk Turon ko`prigi (Buyuk ipak yo`li ko`chasi bilan kesishmasidagi) o`rnida aylanma yo`l tashkil etildi. Bu haqda Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi ma`lum qildi.

Avtomobillar harakatini tartibga solish maqsadida chorrahalarga maxsus svetoforlar o`rnatildi.

Ma`lumot uchun, Temur Malik ko`chasining yo`l o`tkazgich ostidagi qismi to`rt tasmali olti qatorga kengaytirilmoqda. Unga chetida joylashgan xususiy uylarni buzib, ular o`rnida ko`p qavatli uy va xizmat ko`rsatish binolari qurish reja qilingan.

    Boshqa yangiliklar