O`zbekistonda birinchi marta soliq organlari fiskal cheklar bo`yicha dori vositalari savdosi haqidagi ma`lumotlarni taqdim etdi.
Joriy yilning 5 oyida dori vositalari uchun eng katta xarajatlar Toshkent shahri (2,1 trln so`m), Samarqand (986,9 mlrd so`m) va Toshkent viloyatlarida (663,4 mlrd so`m) qayd etilgan.
Poytaxt ko`rsatkichlari yirik tibbiyot muassasalarining aynan ushbu hududda joylashganligi hisobiga shakllangan.
Respublika hududlari kesimida eng kam xarajatlar Jizzax (201,3 mlrd so`m), Navoiy (191,6 mlrd so`m) va Sirdaryo (170 mlrd so`m) viloyatlariga to`g`ri kelgan.
Yuqoridagi raqamlar va har bir hududda ro`yxatga olingan aholi sonidan kelib chiqqan holda yil boshidan o`rtacha bir kishi dori vositalariga:
- Toshkent shahrida – 750 ming so`m;
- Buxoro viloyatida – 277 ming so`m;
- Samarqand viloyatida – 245,1 ming so`m sarflagan.
Yanvar-may oylarida aholi jon boshiga nisbatan kamroq xarajatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Qashqadaryo viloyatida – 120 ming so`m;
- Qoraqalpog`iston Respublikasida – 118 ming so`m;
- Surxondaryo viloyatida – 114 ming so`m.
Bunday ma`lumotlar soliq organlarining ma`lumotlar bazasida nafaqat viloyatlar, balki har bir tuman va mahalla kesimida shakllanadi.
Fiskal cheklar ma`lumotlari tahliliga ko`ra, eng ko`p mablag` quyidagi kasalliklarni davolash uchun mo`ljallangan dori vositalariga sarflangan:
1. yurak-qon tomir kasalliklari;
2. infesion kasalliklar;
3. og`riq qoldiruvchi vosita;
4. asab tizimi kasalliklari;
5. oshqozon-ichak kasalliklari;
6. nafas olish yo`llari kasalliklari;
7. tayanch-harakat tizimi;
8. tomoq-burun kasalliklari;
9. jigar kasalliklari.
Dori vositalari majburiy raqamli markirovkalanishi lozim. Dori vositalari markirovkasining haqiqiyligini Soliq mobil ilovasi orqali tekshirish mumkin.