AsosiyIqtisodiyot

Janubiy Koreya O`zbekistonga oltita tezyurar poezd etkazib beradi

'Janubiy Koreya O`zbekistonga oltita tezyurar poezd etkazib beradi'ning rasmi

"Hyundai Rotem" kompaniyasi O`zbekistonga oltita tezyurar poezd etkazib beradi, deya xabar qilmoqda "Dunyo" AA .

Koreya Respublikasi Prezidentining O`zbekistonga davlat tashrifi chog`ida "O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyati va Janubiy Koreyaning "Hyundai Rotem" kompaniyasi o`rtasida 250 km/soat tezlikka mo`ljallangan oltita tezyurar poezdni etkazib berish va texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha shartnoma imzolangan.

Takidlanishicha, O`zbekiston uchun mo`ljallangan tezyurar poezd "KTX-Eum" poezdining o`xshashi bo`lib, u o`z navbatida 430 km/soat tezlikda harakatlanish uchun mo`ljallangan "HEMU-430X" tezyurar poezdi negizida yaratilgan. Har biri etti vagonli poezd 389 o`ringa ega bo`ladi va VIP, biznes va ekonom klasslarni, shuningdek, ovqatlanish vagonini o`z ichiga oladi.

O`zbekistonga taqdim etilayotgan tezyurar poezd "Jaloliddin Manguberdi" deb nomlanadi. Ushbu tezyurar poezd ishga tushgach, Toshkentdan Xivagacha bo`lgan masofa etti soatda bosib o`tilishi kutilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar