Qozog`istonning Mangistau viloyatidagi neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan birida payvandlovchi-ishchi bo`lib ishlovchi erkakka 2 dekabrning erta tongida bo`ri hujum qildi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.
Yirtqich ishlab chiqarish bazasi hududiga kirib, o`z vazifasini bajarayotgan 1972 yilda tug`ilgan erkakka hujum qilgan. Hodisa guvohlarining ma`lum qilishicha, bo`ri cho`ponlar tomonidan otib o`ldirilgan. Jabrlangan ishchi kasalxonaga yotqizilgan.
“Erkakni qalin kiyimlari o`limdan asrab qolgan, faqat oyog`i tish zahridan ko`kargan. Unga quturish kasalligiga qarshi vaksina qo`yilib, tibbiy yordam ko`rsatildi. Yirtqich tekshiruv o`tkazish uchun veterinar laboratoriyaga yuborildi”, deb xabar berdi kasalxona vrachi.
Bu kompaniya hududida ro`y bergan ilk noxush voqeadir.
06.06.2022, 11:25
Qozog`iston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha respublika referendumining dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ovoz berish uchun 8 million 30 ming 739 nafar fuqaro saylov byulletenlarini...30.12.2021, 11:33
Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomard To`qaev o`lim jazosini bekor qilish to`g`risidagi qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi qonunni imzoladi.Bu haqda mamlakat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi,...27.09.2021, 21:35
Qozog`istonning qator hududlarida qor yog`di. Mahalliy OAV bu haqda ma`lum qildi. Birinchi qor Qo`stonay viloyatining ayrim tumanlarida, shuningdek, viloyat markazida qayd etildi, deb xabar beradi mamlakat...29.08.2021, 17:52
Qozog`iston janubidagi Jambil viloyatida, ilgari o`q–dorilar omborida portlashlari sodir bo`lgan harbiy qismda, yakshanba kuni yana bir portlash sodir bo`ldi, deb xabar qildi respublika Mudofaa vazirligi...