my5

O`zbekistonda bir kunda qancha odam vafot etishi ma`lum qilindi

Salomatlik 06.08.2020, 00:19
2421
O`zbekistonda bir kunda qancha odam vafot etishi ma`lum qilindi

Hozir O`zbekistonda yozgi chilla bo`lgani bois iyul oyida vafot etgan fuqarolar soni avvalgi oylarga nisbatan ko`paygan bo`lishi mumkin”, - dedi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Rajabboy Isroilov, - “Statistika bo`yicha O`zbekistondagi 32 million aholiga bir kunda 500tadan 600tagacha o`lim holati to`g`ri keladi. Bular yosh bolalardan boshlab qariyalargacha. Aynan shuning ichida infeksiya qurbonlari ham bo`lishi mumkin. Iyul oyida yozgi chilla bo`lgani uchun bu raqamlar ko`paygan bo`lishi shubhasiz”.

Uning aytishicha, poytaxtdagi barcha kasalxonalarda patologoanatomiya bo`limlari tashkil qilinib, mayitni o`sha joydan yaqinlariga berish tartibi yo`lga qo`yilishi kutilmoqda.

“Kasallik bor ekan, o`lim ham bo`lishi tabiiy. Koronavirus tarqalishini oldini olish va chegaralash uchun barcha shifoxonalarda COVID-19 va boshqa kasallikdan nobud bo`lganlar jasadini faqatgina respublika patologoanatomiya markazi orqali yuvib, tarab, dezinfeksiyalab berish yo`lga qo`yilgan edi. Agar bemor koronavirusdan vafot etgan bo`lsa, tashkiliy usulda mozorga olib borilar, boshqa kasaldan vafot etgan bo`lsa, qarindosh-urug`lariga berilib, uni ham uyigacha kuzatib, o`zining mahallasida dafn qilinar edi.

O`lim holati bir joyda yig`ilib qolmasligi uchun hukumatimiz va Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi barcha kasalxonalarda patologoanatomiya bo`limlarini tashkil qilib, mayitni o`sha joydan yaqinlariga berishni tashkil etish bo`yicha ko`rsatma berildi. Ko`rsatma tayyor, unga shu kunlarda imzo qo`yilib, albatta, ommaga e`lon qilinadi”, dedi Isroilov.

Mavzuga doir:

“Xitoydan keltirilayotgan tibbiyot matolari va niqoblar orqali koronavirus tarqalyapti” degan gaplar qanchalik asosli?

Nihoyat, Gidroksixloroxin (Plakvenil)dan kimlar manfaatdor ekanligi ochiqlandi

O`zbekistonda ommaviy emlanish qachon boshlanadi?

Koronavirusdan himoyalanishni bildik. Undan ham qo`rqinchli pnevmoniyadan qanday himoyalanamiz? Haqli savolga javoban shifokor o`z tavsiyasini berdi

 

Шарҳлар