my5
Sevimli

Samarqandda elektr o`chishi oqibatida issiqxona ochgan tadbirkor 35 ming dollar zarar ko`rdi

Iqtisodiyot 22.11.2020, 23:14
Samarqandda elektr o`chishi oqibatida issiqxona ochgan tadbirkor 35 ming dollar zarar ko`rdi

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida elektr tarmog`idagi uzilishlar sabab tadbirkorning issiqxonasidagi chet elga eksport qilinadigan sabzavotlar nobud bo`ldi. Bu haqda «Troll.uz» kanali xabar berdi.

Kanalda qayd etilishicha, ko`rilgan zararning taxminiy miqdori 35 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Shuningdek, issiqxonadagi sabzavotlarni xorijga etkazib berish bo`yicha shartnoma barbod bo`lgani aytilmoqda.

Foto: Telegram / @Trolluz

 

Saytimizda qashqadaryolik tadbirkorning chiroq o`chishi oqibatida 5000 dan ortiq parrandasi nobud bo`lgani va buning zararini kim qoplashi yuzasidan deputatlar izohini ham e`lon qilgan edik.

Munozaralar ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg`in davom etmoqda. Ammo voqeada aynan javob berishi kerak bo`lgan tashkilot mutasaddalari hozircha jim...

Шарҳлар