my5
Sevimli

QQS summasini noqonuniy hisobga olingani 98,4 foiz holatda tasdiqlandi

Iqtisodiyot 01.03.2021, 09:05
QQS summasini noqonuniy hisobga olingani 98,4 foiz holatda tasdiqlandi

Bu haqda Axborot xizmati xabar berishicha, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to`lovchilarning murojaatlari asosida faoliyati shubhali deb topilgan korxonalar bilan amalga oshirilgan bitimlarni o`rganib chiqish uchun tezkor ravishda kameral soliq tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 28 fevral holatiga respublikamiz bo`yicha jami 7 240 ta korxonada 728,8 mlrd. so`mlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qo`shilgan qiymat solig`i (QQS) summalariga aniqlik kiritish bo`yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi.

Natijada:

– 7 120 ta, ya`ni 98,4 korxonada (728,8 mlrd. so`m) «soxta» operasiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;

– Shundan 103 ta tashkilotda (13,5 mlrd. so`m) QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlandi;

– 116, ya`ni nazorat tadbirlari o`tkazilgan 1,6 foiz soliq to`lovchilar tomonidan 18,6 mlrd. so`mlik QQS summasini to`g`ri hisob (zachet)ga olganligi holatlari bo`yicha asoslovchi xujjatlar taqdim etildi.  

Shu sababli ulardan  ortiqcha olingan mablag`larni qaytarish bo`yicha tezkor jarayonlar boshlandi.  

Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 156 ta korxona tomonidan QQS summasini to`g`ri hisob (zachet)ga olish bilan bog`liq yo`l qo`yilgan boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,8 mlrd. so`mlik soliqlar qo`shimcha hisoblandi.

Murojaatlarni ko`rib chiqish davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:

Minglab tadbirkorlarga to`lanmagan QQS qarzdorligini to`latish mojarosi bo`yicha soliq qo`mitasiga deputatlik so`rovi yuborildi

Zarar ko`rgan yirik tashkilotlar safida “O`zbekiston temir yo`llari” ham bor — QQS mojarosi haqida

«Obnal firma»lar bilan «soxta» bitim tuzgan davlat korxonalari ro`yxati e`lon qilindi

"Obnalchilar" – halol ishlaydigan tadbirkorning birinchi va yagona dushmani". Sherzod Qudbiev QQS mojarosi ortidan 50dan ortiq tadbirkorlar bilan uchrashdi

 

Шарҳлар