AsosiyJamiyat

Chilonzordagi kafe yong`inida halok bo`lgan 5 kishining shaxsi ma`lum qilindi. Ularning uch nafari ayollar

'Chilonzordagi kafe yong`inida halok bo`lgan 5 kishining shaxsi ma`lum qilindi. Ularning uch nafari ayollar'ning rasmi

Avval ma`lumot berganimizdek, 2020 yilning 28 fevral kuni soat 03:51da Toshkent shahri Chilonzor tumani Qizil Sharq mavzesi 9A-uy Guliston ko`chasida joylashgan “Shovotlandiya” kafesida yong`in sodir bo`ldi va 5 kishi halok bo`ldi. Tekshiruvlar natijasida kafe qasddan yoqib yuborilgani aniqlanib, aybdor qo`lga olingan edi. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmati "darakchi.uz"ga yong`in qurbonlari haqida batafsil ma`lumotlarni taqdim etdi. 

Ayniqlanishicha, kafedagi yong`inda 1998 yilda tug`ilgan J.J., 1998 yilda tug`ilgan X. X., 1961 yilda tug`ilgan B.A. (ayol), 1999 yilda tug`ilgan M.B. (ayol) va 1996 yilda tug`ilgan Sh. A.(ayol) halok bo`lgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari mahkamaning O`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi tomonidan olib borilyapti.

    Boshqa yangiliklar