AsosiyIqtisodiyot

Prezident “O`zavtosanoat” raisiga mahsulotlar tannarxini tushirish, energetika vaziriga ishlab chiqarishni oshirish topshirig`ini berdi

'Prezident “O`zavtosanoat” raisiga mahsulotlar tannarxini tushirish, energetika vaziriga ishlab chiqarishni oshirish topshirig`ini berdi'ning rasmi

Hududlar va tarmoqlardagi iqtisodiy o`sish hisobotiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida prezident Shavkat Mirziyoev “O`zavtosanoat” va energetika sohasi rahbariyatiga muhim topshiriqlar berdi.

“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning yig`ilishdan ma`lum qilishicha, “O`zavtosanoat” AJ raisi o'rinbasari A.Rafiqov investisiya dasturiga asosan 11 ta loyiha doirasida jami 153 million dollarlik mablag`larni o`zlashtirish, mahsulot tannarxini 925 milliard so`mga yoki 2,6 foizga pasaytirish, eksport hajmini yil yakuniga qadar 385 million dollarga etkazish yoki 1,7 barobarga oshirish, shuningdek, “Minsk traktor zavodi”dan kelayotgan traktorlarning mahalliylashtirish darajasini yil oxiriga qadar 25 foizgacha etkazish choralarini ko`rish; 

Energetika vaziri Alisher Sultanov esa yil oxirigacha Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida 6ta issiqlik hamda Navoiy va Samarqandda 2ta quyosh elektr stansiyalarini foydalanishga topshirish hisobiga generasiya quvvatlarini 1 ming 800 Megavattga oshirishi, yil yakuni bilan 72,4 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishini ta`minlash bo`yicha topshiriqlar olishdi.

Mavzuga doir:

O`tgan 6 oyda iqtisodiy ko`rsatkichlarimiz oshgan. Qaysi tarmoqlar hisobiga?

    Boshqa yangiliklar