AsosiySUG'DIYONA

​Banan po`stining siz bilmagan xususiyatlari

'​Banan po`stining siz bilmagan xususiyatlari'ning rasmi

Xonaki gullar uchun banan po`sti eng samarali o`g`it hisoblanadi. Banan po`sti tarkibida ko`plab foydali moddalar bo`lib, ular gullarning tomirini mustahkamlaydi, faol o`sishiga ko`maklashadi va chiroyli gullashiga zamin yaratadi.

1. Eyilgan banan po`stini shisha idishga solib, ustidan suv to`ldirib bir kunga ivitib qo`ying.

2. Tayyor energetik kokteylning bir qismini boshqa idishga solib, suv bilan aralashtirib oling.

3. Gulga doimiy ravishda ushbu mo`jizakor vositadan quyib turing.

4. Qizig`i, bir dona banan po`stini bir necha marta ivitib, o`g`it sifatida foydalanishingiz mumkin.

5. Agar sevimli gulingiz nobud bo`layotgan bo`lsa, uni shoshilinch ravishda o`ziga keltirish uchun banan mevasidan foydaling. Buning uchun bananni sanchqi bilan ezib yarim stakan suv quyib, aralashtiring. So`ng gulga quying, mana ko`rasiz, u darrov asl holiga єaytib, sizni yana xursand qilishda davom etadi.

6. Dala-hovlida yashovchi bekalar esa hovlidagi bir biridan ajoyib gullar, o`simliklar tagiga banan po`stini ko`mib qo`ying, shunda har sug`organda banan po`sti tarkibidagi kaliy moddasi ham o`simlikning rivojlanishiga ko`maklashadi, ham uni hasharotlardan himoyalaydi.

7. Professional gulchilardan yana bir sir: banan po`stining ichki tomoni bilan gul barglarini artib turing, shunda ular yaltirashni boshlaydi. Yaltirash banan po`sti tarkibidagi tabiiy mo`miyo ta`sirida yuzaga keladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar