42

Chak Fini, "Duty Free" asoschisi

Rekord 14.12.2017, 15:31
6304
Chak Fini, "Duty Free" asoschisi

1988 yilda "Forbes" jurnali Chak Finini badavlat insonlar ro`yxatining 31-qatoriga joylashtirdi. Bunga boyligining hammasi o`ziga tegishli bo`lmagani ham sabab bo`lgandi. Gap shundaki, Fini o`ziga tegishli bo`lgan boylikni anonim ravishda turli-tuman korxona va tashkilotlarga xayriya qildi. Ko`p hollarda xayriya mablag`iga ega bo`lganlar ularga kim xayr-saxovat qilayotganidan bexabar qolishgan. Chunki Chak Fini o`zi yordam ko`rsatayotgan tashkilotlardan nomini oshkor qilmaslikni talab qilgan.

Chak Fini barcha pullarni “The Atlantic Philanthropies” jamg`armasi nomidan xayriya qilgan bo`lib, ma`lumotlarga ko`ra, mazkur jamg`arma shu kunga qadar 6,2 milliard dollar mablag`ni xayr-ehson uchun sarflagan.

“Inson pulini ehson qilganida va shu puliga shifoxona qurilganini ko`rganida qalbini cheksiz quvonch egallashiga ishonch hosil qildim. Pullarni bankka qo`yib ko`paytirgandan ko`ra, ezgu ishlar uchun sarflash mantiqan to`g`ri bo`ladi”, deydi Fini.

Комментарии