Долзарб мавзулар Foto

GO`ZALLIK BORASIDAGI 4 SAVOLGA 4 JAVOB

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 05.01.2018, 10:43

Sochlar va qoshlar borasida mushtariylarimizni qiziqtirgan savollarga javob beramiz. Mutaxassisstilist Farangiz AVEZOVA.

«Tez va samarali usullaminasiya

Sochimni tez-tez bo`yaganim uchun jonsiz, quruq holatga kelib qoldi. Uy sharoitida qo`llayotgan niqoblar foyda bermayapti. Ularni sog`lomlashtirish uchun nima qilsam bo`ladi?

Umida, 24 yosh

Quruqshab, somonga o`xshab qolgan sochni silliq, mayin va jilokor ko`rinishga keltirish uchun laminasiyalash amaliyotidan foydalanish mumkin. Bunda, mutaxassis avval sochni yaxshilab tozalab, ko`rinishi elimni eslatuvchi polimerni butun uzunlik bo`ylab surtadi. Keyin 15 daqiqa maxsus lampa ostida o`tirasiz. Shunda natija yanada yaxshiroq namoyon bo`ladi. So`ng soch yuvib, quritiladi. Laminasiyalashda har bir tola polimer bilan qoplanadi va jilokor ko`rinadi. Umumiy hisobda amaliyot 1 soat vaqtingizni oladi. Parvarishlanmagan, sinib, «gullab», yomon ko`rinishga kelgan sochlarga amaliyotni 5–10 marta o`tkazish tavsiya etiladi. Laminasiya soch rangini o`zgartirmaydi. Eng muhimi, sovuq kunlarda elektrlanishiga yo`l qo`ymaydi.

«Sochimning rangini butunlay o`zgartirmoqchiman»

Kecha uyda sochimni to`q rangga bo`yagandim. Lekin endi o`zimga yoqmay turibdi. Ikki kundan so`ng jiyanimning to`yi. Bu marosimda betakror ko`rinishim shart! Ammo bunaqa soch bilan maqsadim amalga oshmasa kerak...

Charos, 28 yosh

Hozirgi kunda imkoni yo`q ishning o`zi yo`q. Qalovini topsangiz, kifoya. Ayollar qora sochini mallaga aylantirayotgan bir zamonda sizning muammongizni tez hal bo`lishi tayin. Ya`ni «yuvish» (smvka) amaliyotiga murojaat qilsangiz kifoya. Bu bo`yashning aynan aksi. Ya`ni maxsus modda sochga ta`sir ko`rsatib, bo`yoq va tola orasidagi bog`lanishni uzadi. So`ng bo`yoq molekulasini o`rab olib, sochdan chiqaradi. Natijada tolalar asl rangiga yoki shunga yaqin rangga kiradi. «Yuvish» yordamida bir martada soch rangini 3 tusga ochroq ko`rsatish imkoniyati mavjud. Amaliyotni o`tkazgandan so`ng sochni bo`yash tavsiya etilmaydi. Tus beruvchi vositalardan foydalangan afzal. Necha marta «yuvish» kerakligini esa istagingizdan kelib chiqib, sartarosh hal qiladi. Amaliyotni ikki haftadan so`ng takrorlash maqsadga muvofiq sanaladi.

«Bir marta turmak qilsang-u, bir necha oy tursa...»

— Shu kunlarda lavozimim ko`tarilib, o`zimga umuman vaqt ajratolmay qoldim. Avvallari har tong ko`zgu qarshisida yarim soat turib sochimga hajm berardim. Hozir bunday imkoniyatim yo`q. Biroq chiroyli ko`rinishni istayman...

Zarina, 31 yosh

Asosiy vaqtini ishga bag`ishlaydigan ayollar uchun «Bouffant» amaliyoti juda mos. Bir marta sochingizga shu yo`sinda hajm bersangiz, natija 2-3 oy saqlanib turadi. Bunda soch tozalangach, uning ildizi tarab shishiriladi va sochga bigudi o`raladi. Tolalarning uzunligi bo`ylab himoyalovchi vosita surtiladi. Keyin sochning ildizga yaqin qismiga maxsus kimyoviy vosita surtiladi. Amaliyot jarayonida kimyoviy vositaga ikki bora murojaat qilinadi. «Bouffant» asosan kalta yoki o`rta uzunlikdagi soch sohibalariga tavsiya etiladi. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, bunday usulda hajm berilgan sochlar o`sgandan keyin bilinmay ketadi.


«Qoshni qanday bo`yash lozim

Tabiatan qoshlarim siyrak, yakkam-dukkam. Oxirgi yillarda qalin qoshlar urfga kirgani uchun har kuni ularni bo`yashimga to`g`ri kelayapti. To`g`risi biroz toliqdim. Tatuaj amaliyotidan cho`chiyman. Og`riqqa yo`qman. Eshitishimcha, hozirda qosh uchun maxsus bo`yoqlar bor ekan. Shular haqida to`liqroq ma`lumot bersangiz.

Gulmira, 23 yosh

Yodingizda bo`lsa biotatuaj, yani qoshni xinaga bo`yash haqida maqola tayyorlagandik. Keling, bu safar kimyoviy bo`yoqlar to`g`risida gaplashamiz. Jarayon huddi soch bo`yashga o`xshab ketadi. Bo`yoq va oksidlovchi moddani aralashtirasiz. Keyin qoshni tonik bilan tozalab, yog`sizlantirib olasiz va rangsiz qalam bilan qosh atrofini chizib chiqasiz. Qiya chyotka yordamida pasdan yuqoriga qarab bo`yaysiz. Chiziqdan chiqsangiz paxtali cho`pchalar bilan artib yuboring. Agar bo`yoqdan birinchi marta foydalanayotgan bo`lsangiz, qadog`ida 15 daqiqa ushlang, deya ko`rsatma berilganiga qarmay 5-7 daqiqadan ortiq ushlamang. Keyin ehtiyotkorlik bilan, ko`zga tekkizmasdan yuvasiz. Ana bo`ldi! Yodda tuting, allergiyaning oldini olish uchun bo`yoqni avval bilak yoki tirsakning ichki tarafiga surtib, 15-20 daqiqa kutish lozim. Qizarish va qichishish bo`lmasagina qo`shga surtish mumkin.

MAFTUNA tayyorladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA