Долзарб мавзулар Foto

«Nok» pishirig`i — ichida meva emas, tovuq go`shti bor!

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 13.01.2018, 17:48

Zarur masalliqlar: 500 gr. oshirma qatlama xamir, 6 ta tovuq oyog`i, 300 gr. qo`ziqorin (tuzlanganini ham ishlatish mumkin), 5 ta kartoshka, 50 ml. sut, 2 osh qoshiq sariyog`, o`simlik yog`i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Kartoshkani po`stidan tozalab, suvga solib qaynating.

2. Piyoz va qo`ziqorinni maydalab to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida 15 daqiqa qovuring.

3. Tovuq go`shtiga tuz sepib, 25-30 daqiqa qizdirilgan o`simlik yog`ida pastroq olovda pishiring.

4. Qaynatilgan kaatoshkaga sariyog` qo`shib, ezing. Sut va tuzni solib, aralashtiring. So`ngra qo`ziqorinli aralashmani qo`shasiz.

5. Qatlama xamirni 3 mm. qalinlikda yoyib, 15x15 sm. kattalikdagi to`rtburchak shakllar kesing. O`rtasiga aylana qilib yoyilgan kichkina xamir bo`lagini qo`yib, qiymadan soling. So`ngra bittadan tovuq go`shtini bo`yiga joylaysiz. Xamirni esa markazga to`plang va tugib, ip bilan bog`lang. Yog`langan qolipga terib, tovuq oqyolarining uchini zar qog`oz bilan o`raysiz. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga qo`ying.

1 soat

6 kishilik

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA