Долзарб мавзулар Foto

Qahratonda jozibali ko`rinish sirlari

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 17.12.2018, 13:56

Krem tanlash muhim!

Sovuq tushishi bilan yuzlariimz ozorlanadi. Kremlardan ham ayni sovuq kunlarda ko`proq foydalanamiz. Faqat tarkibidaE va D vitamini, avokado yog`i borlaridan ishlating. Agar yuz teringizda qizil yulduzchalar paydo bo`lsa, K vitaminli kremdan foydalanish tavsiya etiladi.

Pardoz-andoz quruq bo`lmasin!

Iloji boricha quruq pardoz vositalaridan foydalanmang. Yaxshisi, krem ko`rinishidagilarni ishlating, masalan, kremli yog`upa, quyuq qalam, krem tarkibli tenlar. Ko`chaga chiqishdan oldin esa nomiga upa surtib oling.

Spirt mumkinmas!

Qish kelishi bilan cho`milish uchun gel, skrablardan voz kechgan ma`qul. Yuz tozalash vositalarini esa albatta, tarkibida spirt bo`lmasligi ahamiyatli. Vaqti-vaqti bilan tanangizga, sochlaringizga efir yog`laridan surtib turishni ham unutmang.

Taomnomada gap ko`p

Baliq go`shti, yong`oq, zaytun va qovoq urug`i yog`i taomnomangizdan joy olsa, nur ustiga nur bo`ladi! Sitrus mevalar va ko`katlar tarkibidagi S vitamini ham organizmingiz uchun koni foyda bo`lib, go`zal ko`rinishni ta`minlaydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA