my5

Koronavirusning yangi turi qanday kelib chiqqani aniqlandi

Dunyo 26.01.2020, 23:42
Теглар: virus, Xitoy
6458
Koronavirusning yangi turi qanday kelib chiqqani aniqlandi

Xitoyda tarqalgan koronavirusning yangi turi ko`plab odamlarda aniqlanmoqda. bugungi kunda bemorlarning soni ikki ming nafardan oshib ketdi. Bu haqda muntazam xabar berib kelmoqdamiz

Ayni payida xitoylik olimlar yovvoyi hayvonlar koronavirusining manbai ekanligini aniqladi. Sinxua axborot agentligining xabar berishicha, Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida koronavirus aniqlangan.

"Huanan dengiz mahsulotlari bozoridagi 585 namunadan 33 tasida koronavirus nuklein kislotalari aniqlandi. Bu virusning manbai Xuanan bozorida sotiladigan yovvoyi hayvonlardir", degan mutaxassislar.

Taxminlarga ko`ra, ko`rshapalaklar virusni ilonlarga yuqtirgan, shundan so`ng yangi virus paydo bo`lgan. Koronavirusning tarqalishiga asosiy sababchi Janubiy Xitoy yo`l-yo`l iloni va Xitoy kobrasi ekani aytilmoqda. Bu kabi mahsulotlar Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida sotilgan.

Ma`lumot o`rnida, virus Avstraliya, Malayziya, Nepal, Koreya Respublikasi, Singapur, AQSh, Tailand, Fransiya va Yaponiyada ham etib borgan.

Шарҳлар

Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Evropa Ittifoqidan yordam so`radi

02.02.2020, 19:05

Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurashda Evropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi davlatlardan yordam so`radi.Xitoy davlat kengashi raisi Li Kesyan koronavirusga qarshi kurashish uchun dori-darmon vositalari etkazib berishda...