1

Xorazmda ayol kishini echintirib, uni tahqirlab videoga olganlar topildi

Jamiyat 23.11.2020, 23:31
Teglar: Xorazm
Xorazmda ayol kishini echintirib, uni tahqirlab videoga olganlar topildi

Joriy yilning 22 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm shevasida so`zlayotgan bir guruh ayollar tomonidan boshqa bir ayol kishini qizlik iffati yo`qligini ro`kach qilib echintirib uyali telefoni orqali olgan videotasvir tarqaldi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu videolavhadagi holat qachon, qaerda sodir bo`lganligi va jarayon ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Xorazm viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borildi.

Olib borilgan surushtiruv jarayonida mazkur holat joriy yilning 7 oktyabr kuni Urganch shahrida sodir bo`lganligi ma`lum bo`ldi.

Jarayon ishtirokchilarining shaxsi to`liq aniqlangan bo`lib, tergov manfaatlari va jabrlanuvchining shaxsiy hayot daxlsizligini ta`minlash maqsadida ishtirokchilarning ism-shariflari oshkor etilmaydi.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda va qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu videolavhani ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan shaxslarning javobgarlik masalasi ham ko`rib chiqiladi.

 

 

Sharhlar

Amudaryo ustidan o`tuvchi qo`shma ko`prikda transport harakati to`xtatiladi

07.05.2024, 14:02

Amudaryo ustidan o`tuvchi qo`shma ko`prikda 7-9 may kunlari avtotransport vositalari harakati vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, Qoraqalpog`istonning Amudaryo tumanida...
Xorazmda bog`cha opa bolalarni kaltaklab, barmog`iga igna sanchdi(video)

06.05.2024, 17:56

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi maktabgacha ta`lim muassasasida tarbiyachining bolalarni kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat...
Xorazmda yurist pora bilan qo`lga tushdi

02.05.2024, 14:12

O`tkazilgan tezkor tadbirda Xorazm viloyati Shovot tuman hokimligining yuriskonsultiM.S. “Yu.Q.” fermer xo`jaligiga qarashli 70 gektar er maydonini 3 000 AQSh dollari evaziga fuqaro S.Yu.ning nomiga  o`tkazib berishni va`da qilib, oldindan 500 AQSh...
Xorazmda 38 yoshli ayol uyiga kelgan mehmon ayolni o`ldirib qo`ygan

22.04.2024, 18:36

Xorazmda bir ayol uyiga mehmon bo`lib kelgan ayolni o`ldirib, hovliga ko`mib yuborgan. Bu haqda Xorazm viloyati prokraturasi xabar berdi.Joriy yilning 17 aprel kuni sodir bo`lgan....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1