1

Xorazmda aholi yashash uylarining birida yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 26.02.2021, 16:05
Teglar: Fvv, Xorazm
Xorazmda aholi yashash uylarining birida yong`in sodir bo`ldi

Xorazm viloyatidagi yashash uylarining birida yong`in sodir bo`ldi. 
Bugun, 2021 yilning 26 fevral kuni soat 09:40da Xorazm viloyati Xonqa tumani “Gulg`uncha” MFYdagi uylarning birida yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Yong`in oqibatida avval uyning 120 kv.m. maydonida tom qismi, shifti va uy-jihozlari keyinchalik  esa qo`shni uyning tom qismi,  ya`ni 50 kv.m. maydoniga zarar etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`in-qutqaruv guruhi voqea joyiga etib borgan. Yong`in 10:28da o`rab olinib, 11:20da  to`liq bartaraf etilgan. Jabrlangan va holok bo`lganlar yo`q. Shuningdek, qutqaruvchilarning sa`y-harakatlari natijasida uylarning 450 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Hozirda yong`in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Sharhlar

Amudaryo ustidan o`tuvchi qo`shma ko`prikda transport harakati to`xtatiladi

07.05.2024, 14:02

Amudaryo ustidan o`tuvchi qo`shma ko`prikda 7-9 may kunlari avtotransport vositalari harakati vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, Qoraqalpog`istonning Amudaryo tumanida...
Xorazmda bog`cha opa bolalarni kaltaklab, barmog`iga igna sanchdi(video)

06.05.2024, 17:56

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi maktabgacha ta`lim muassasasida tarbiyachining bolalarni kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat...
Xorazmda yurist pora bilan qo`lga tushdi

02.05.2024, 14:12

O`tkazilgan tezkor tadbirda Xorazm viloyati Shovot tuman hokimligining yuriskonsultiM.S. “Yu.Q.” fermer xo`jaligiga qarashli 70 gektar er maydonini 3 000 AQSh dollari evaziga fuqaro S.Yu.ning nomiga  o`tkazib berishni va`da qilib, oldindan 500 AQSh...
Xorazmda 38 yoshli ayol uyiga kelgan mehmon ayolni o`ldirib qo`ygan

22.04.2024, 18:36

Xorazmda bir ayol uyiga mehmon bo`lib kelgan ayolni o`ldirib, hovliga ko`mib yuborgan. Bu haqda Xorazm viloyati prokraturasi xabar berdi.Joriy yilning 17 aprel kuni sodir bo`lgan....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1