1

Navoiyda o`quvchi qizlar huquq fanida uyatli so`zlar bilan video tasvirga olib, tarmoqqa joylashtirdi. IIB holatga aniqlik kiritdi (video)

Jamiyat 09.09.2021, 10:34
Teglar: o`quvchi qizlar, huquq fani
Navoiyda o`quvchi qizlar huquq fanida uyatli so`zlar bilan video tasvirga olib, tarmoqqa joylashtirdi. IIB holatga aniqlik kiritdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda o`quvchi qizlar tomonidan uyatli so`zlar orqali so`kinib tasvirga olingan video tarqaldi.

Navoiy viloyati IIB mazkur holatga aniqlik kiritdi.

Qisqa fursatlarda olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur o`quvchi qizlar Navoiy shahridagi 10-sonli maktab o`quvchlari 2005 yilda tug`ilgan J.A. T.J. va R.J. ekanligi aniqlangan. Ma`lum bo`lishicha, holat 8 sentyabr kuni huquq fani darsida tasvirga olingan. 

Holat yuzasidan Navoiy shahridagi 10-sonli maktab direktori, o`quvchilarning ota-onalari, shuningdek, Navoiy shaxar IIB XPB VEB inspektor-psixologlari ishtirokida muhokama tashkil qilindi. Qizlarning aytishicha, bu shunchaki hazil tariqasida olingan va ular qilgan ishidan chin dildan pushaymonligini bildirishgan.

Sharhlar

Andijonda maktab "zamdirektori" o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilganligi aytilmoqda

15.05.2024, 14:54

Avvalroq, tarmoqlarda Andijonda maktab direktori o`rinbosari o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi. Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1