1

Namanganda tormoz tizimidagi nosozlik sabab yuk avtomobillari o`zaro to`qnashdi

Jamiyat 10.09.2021, 19:06
Teglar: IIV YHXBB
Namanganda tormoz tizimidagi nosozlik sabab yuk avtomobillari o`zaro to`qnashdi

Joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 04:30 larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o`tgan A-373 "Toshkent-O`sh" avtomobil yo`lining 250-kilometrida haydovchi, 1979 yilda tug`ilgan J.A. "Isuzu" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda transport vositasining tormozi ishlamay qolgan va o`zidan oldinda bo`lgan haydovchi, 1978 yilda tug`ilgan Q.U. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan va qarama-qarshi oqimni ajratib turuvchi to`siqqa urilib ag`darilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.

YTH natijasida, haydovchi J.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.  

️Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

"Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e`tiborli bo`lib, qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz",–deyiladi YHXBB axborotida.

Sharhlar

Jurnalistning o`limiga sabab bo`lgan Tuproqqal`adagi YTH yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi

20.09.2021, 18:35

Avvalroq, kecha, 19 sentyabr kuni soat 23:35 larda, Xorazm viloyati, Tuproqqal`a tumani, Sarimoy qishlog`i hududidan o`tgan A-380 "G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`lining 493-kilometrida, haydovchi, 1996...
Qozog`istonlik avtoblogerni to`xtatgan buxorolik GAI qovun tushirdimi?

17.09.2021, 21:20

Ijtimoiy tarmoqda "Qozog`istonlik avtoblogerni to`xtatgan GAI xodimi qovun tushirdi" sarlavhasi bilan tarqalgan video yuzasidan ma`lumot berildi.Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 16 sentyabr kuni Buxoro viloyati, Buxoro...
Ichki ishlar vazirligi YHXBB harakat ishtirokchilariga kasb etikasi va madaniyatiga amal qilmaslik holatlari bo`yicha murojaat yo`lladi

14.09.2021, 18:19

"Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmatini tubdan takomillashtirish, fuqarolar bilan o`zaro muloqotni kamaytirish maqsadida sohaga axborot kommunikasiya texnologiyalari joriy etilmoqda",–deyiladi YHXBBning harakat ishtirokchilariga yo`llagan murojaatida.Shu bilan...
"O`zimizni yigit-ku bu" – YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat bo`yicha ma`lumot berdi

11.09.2021, 19:13

Ijtimoiy tarmoqda "Toshkentda GAI: Bo`ldi ketavering. O`zimizni yigit-ku bu" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ushbu holat bo`yicha ma`lumot...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1