Xalqaro shaxmat federasiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov AQSh hukumati bilan sudlashib, 50 million dollar undirib olmoqchi.Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Ilyumjinovga nisbatan 2015 yilning 25 noyabr kuni AQSh hukumati tomonidan sanksiya e`lon qilingan edi. AQSh moliya vazirligi press-relizida unga nisbatan sanksiya e`lon qilinishi xalqaro shaxmat federasiyasi rahbarining Suriya hukumati va Suriya markaziy bankiga moddiy yordam berganligi bilan izohlanmoqda.
“O`z sha`nim, rahbarlik qadr-qimmatim himoyasini 50 million dollar deya baholadim. 23 fevral kuni AQSh oliy sudi mening ishimni 5700 raqam bilan ro`yxatdan o`tkazdi va men shu vaqtdan e`tiboran huquqiy-yuridik munosabatlarga kirishdim”,—deydi Ilyumjinov.
Uning so`zlariga ko`ra, sudda Ilyumjinovning manfaatlarini Bill Klintonning Monika Levinskiga aloqador ishida ishtirok etgan advokatlar guruhi himoya qiladi.
AQSh oliy sudining qarori may oyida chiqishi ko`zda tutilgan.
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...30.11.2022, 21:19
Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida 100 nafar jabrlanuvchini ishonchiga kirib, qariyb 550 million so`mni talon taroj qilgan 3 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi...28.11.2022, 12:43
Avval xabar qilganimizdek, bugun, 28 noyabr kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi...27.10.2022, 19:44
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizning behayo harakatlari aks etgan video tarqalib ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan Yu.B. hamda...