1

Xorazmning Gurlan tumanidagi maktablarga suv etib kelmayotgani bo`yicha Ombudsmanga shikoyat tushdi

Jamiyat 29.09.2021, 09:32
Teglar: Xorazm
Xorazmning Gurlan tumanidagi maktablarga suv etib kelmayotgani bo`yicha Ombudsmanga shikoyat tushdi

Kuni kecha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakilining (ombudsmanning)Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Xamro Bektemirov ishtirokida viloyatdagi chekka hududlaridan biri hisoblangan Gurlan tumanida sayyor qabul o`tkazildi.  Bu haqda Ombudsman axborot xizmati Darakchi.uz ga ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, mintaqaviy vakil fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan keng foydalangan holda xorazmliklar uchun maxsus telegramm kanal faoliyatini yo`lga qo`yib, u orqali murojaatlarni qabul qilmoqda.

Bunda fuqarolar familiyasi, ismi va sharifi, murojaatning qisqacha mazmuni va bog`lanish uchun telefon raqamlarini qoldirishlari talab etiladi. Shundagina mintaqaviy vakil murojaatchi bilan aloqaga chiqib, o`z vakolatlari doirasida masalani o`rganib chiqish va hal etish choralarini ko`riladi.

Gurlan tumanida o`tkazilgan sayyor qabul o`tkazilishi haqidagi xabar ham aynan ushbu kanalda e`lon qilingan.

Sayyor qabulga 50 nafarga yaqin fuqarolar tashrif buyurgan.

Murojaatchilar Gurlan tumanidagi bir qator maktablarga iste`mol uchun ichimlik suvining etib bormayotganligidan, suv quvurlarining o`tkazilganligiga qaramay suvning yo`qligidan shikoyat qiladilar. Mintaqaviy vakil tegishli davlat tashkilotiga fuqarolarning murojaatlarida ko`tarilgan muammolar  yuzasidan choralarni ko`rib, ichimlik suvi muammosining hal etilishiga erishgan.

Shuningdek, umumta`lim maktablarida o`quv jihozlari va sport inventarlarining etishmasligiga oid murojaatlari ham joyida hal etilgan.

Eslatib o`tamiz, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Xamro Bektemirov har haftaning juma kunlari murojaatchilarni qabul qiladi.

Sharhlar

Amudaryo ustidan o`tuvchi qo`shma ko`prikda transport harakati to`xtatiladi

07.05.2024, 14:02

Amudaryo ustidan o`tuvchi qo`shma ko`prikda 7-9 may kunlari avtotransport vositalari harakati vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, Qoraqalpog`istonning Amudaryo tumanida...
Xorazmda bog`cha opa bolalarni kaltaklab, barmog`iga igna sanchdi(video)

06.05.2024, 17:56

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi maktabgacha ta`lim muassasasida tarbiyachining bolalarni kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat...
Xorazmda yurist pora bilan qo`lga tushdi

02.05.2024, 14:12

O`tkazilgan tezkor tadbirda Xorazm viloyati Shovot tuman hokimligining yuriskonsultiM.S. “Yu.Q.” fermer xo`jaligiga qarashli 70 gektar er maydonini 3 000 AQSh dollari evaziga fuqaro S.Yu.ning nomiga  o`tkazib berishni va`da qilib, oldindan 500 AQSh...
Xorazmda 38 yoshli ayol uyiga kelgan mehmon ayolni o`ldirib qo`ygan

22.04.2024, 18:36

Xorazmda bir ayol uyiga mehmon bo`lib kelgan ayolni o`ldirib, hovliga ko`mib yuborgan. Bu haqda Xorazm viloyati prokraturasi xabar berdi.Joriy yilning 17 aprel kuni sodir bo`lgan....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1