1

“Matonat” filmi xalqaro kinofestivalda mukofotlandi

Jamiyat 03.11.2021, 17:15
Teglar: kinematografiya agentligi
“Matonat” filmi xalqaro kinofestivalda mukofotlandi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan "Matonat" hujjatli filmi Artemis distribyutorlari assosiasiyasi tomonidan Sloveniya davlatida bo`lib o`tgan kinofestivalda mukofotlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi

Mazkur film Kinematografiya agentligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda suratga olingan. Unda II jahon urushida qatnashgan 101 o`zbekistonlik yurtdoshimizning urushda G`alabaga qo`shgan hissasi hamda Gollandiyaning Amersfort shahrida joylashgan konslagerlarda halok bo`lgan o`zbek askarlarining taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Film ijodkorlari: ssenariy muallifi Roziqa Mergenbaeva, rejissyor Shuhrat Mahmudov, prodyuser Firdavs Abduxoliqov, operatorlar Rifkat Ibragimov, Rustam Magadiev, rassom Bektosh Rajabov, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy.

Sharhlar

Maqsud Shayxzoda haqidagi film hamkorlikdagi eng yaxshi kinoloyiha sifatida e`tirof etildi

31.12.2021, 01:07

Kinematografiya agentligi va Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan suratga olingan “Maqsud Shayxzoda. Erkka intilgan shoir” hujjatli filmi...
Toshkentda Butunrossiya kinematografiya davlat instituti filiali ochildi

08.10.2021, 16:36

Toshkent shahrida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat instituti filiali ochildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi. 2021/2022 o`quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar (ta`lim yo`nalishlari) bo`yicha...
Toshkent Xalqaro Kinofestivali doirasida “Kino 5 kunda” ko`rik-tanlovi o`tkaziladi

25.08.2021, 17:31

Besh kun davom etadigan Toshkent Xalqaro Kinofestivali o`zida bir qancha muhim jarayonlarni jamlagan bo`lib, “Kino 5 kunda” tanlovi ham shular jumlasidan. Tanlovda 30dan ortiq davlatdan...
Kinematografiya agentligi markaziy apparatidagi 10 ta vakant lavozim uchun tanlov e`lon qilindi

24.08.2021, 15:46

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda Agentlik markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga tanlov e`lon qildi. Ular quyidagilar:— Ishlab chiqarish va iqtisod boshqarmasi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1