Shu yilning 20–27 oktyabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida UEFAning Hakamlik mahoratini oshirish markazi tomonidan “Hakamlikni rivojlantirish dasturi” doirasida o`quv-seminari tashkil etiladi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur o`quv-seminarda o`zbekistonlik hakamlardan Nayim Qosimov va uning assistentlari Sanjar Shoyusupov hamda Obid Jumaev, shuningdek, Vladislav Seytlin hakamlar instruktori sifatida qatnashadi.
“Hakamlikni rivojlantirish dasturi” doirasidagi o`quv-seminarni o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad – kelajakda FIFA referisi sifatida etishib chiqishga salohiyati bo`lgan hakamlarning futbol haqida umumiy bilimi, hakamlik mahorati hamda kompyuter savodxonligini oshirishdan iborat.
Mazkur o`quv-seminar yakunida qatnashchilar Intermittent Recovery Test Level 1 testini ishlaydi hamda ingliz tilidagi futbol qonun-qoidalari haqidagi savollarga javob berishadi. Olingan bilim va ko`nikmalarni amalda sinash uchun hakamlar brigadasi Fransiya yoki Shveysariya futbol ligasidagi rasmiy uchrashuvlardan birida ishlaydi.
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...10.05.2024, 15:14
Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...06.05.2024, 13:48
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...