1

Qatar – O`zbekiston uchrashuvini bahraynlik Ali Hasan Ibrohim Abdulnabi boshqarib boradi

Sport 10.08.2016, 22:48
Teglar: Futbol, Sport, O`zbekiston, JCh-2018
 Qatar – O`zbekiston uchrashuvini bahraynlik Ali Hasan Ibrohim Abdulnabi boshqarib boradi

2018-yili Rossiyada bo`lib o`tadigan Jahon chempionatiga uchinchi saralash bosqichining  “A” guruhi 2-turida O`zbekiston milliy terma jamoasi 6 sentyabr kuni safarda Qatarga qarshi bahs olib boradi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu o`yinni bahraynlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Uchrashuv bosh hakami sifatida FIFA referisi  Ali Hasan Ibrohim Abdulnabi tayinlandi. Unga qanotlarda Muhammad Jafaar Muhammad Salmon va Navaf Shaxin Halifa  Musa yordam beradi.

To`rtinchi hakam vazifasi Abdulhusin Jamil Jumaga yuklatildi. Hakamlar nazoratchisi falastinlik Mikael Hananiya bo`lsa, komissar – Chin-Fan Chuang (Xitoy Taypeyi).

Qatar va O`zbekiston o`rtasidagi uchrashuv 6 sentyabr, Doha shahridagi “Jassim bin Hamad” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Jahon chempionati–2018 turnirining uchinchi saralash bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan Samvel Babayan murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi 20 avgust kuni navbatdagi yig`inga kirishadi.

Yig`in doirasida milliy terma jamoa 24 avgust kuni Burkina-Faso termasiga qarshi Toshkentda o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. Mazkur o`yin “Paxtakor” stadionida, soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1