Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasining 24 avgust kuni bo`lib o`tadigan o`yinni Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.
Toshkentda bo`lib o`tadigan ushbu xalqaro o`rtoqlik uchrashuvida Qosimovga qanotlarda Ma`mur Saidqosimov hamda Ruslan Serazitdinov yordam beradi. To`rtinchi hakam sifatida bu o`yinga Dmitriy Pislegin tayinlangan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi o`zining navbatdagi yig`inini 20 avgustdan boshlaydi. Ushbu yig`in davomida bitta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazish rejalashtirilgan. Burkina-Fasoga qarshi uchrashuv “Paxtakor” stadionida 20:00 da boshlanadi.
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...10.05.2024, 15:14
Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...06.05.2024, 13:48
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...