1

"Lokomotiv" etakchisi Server Jeparov OFK nigohiga tushdi

Sport 23.08.2016, 08:23
Teglar: Sport, O`zbekiston
"Lokomotiv" etakchisi Server Jeparov OFK nigohiga tushdi

Bugun. 23 avgust kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 1/4 final o`yinlariga start beriladi. Chorak finalning dastlabki o`yinlari oldidan Osiyo Futbol Konfederasiyasi rasmiy sayti turnirda ishtirokini davom ettirayotgan 8ta jamoaning eng asosiy o`yinchilariga to`xtalib o`tdi va ular haqida ayrim faktlar, statistik ma`lumotlarni taqdim etdi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati. 

O`z tarixida ilk marotaba turnirning chorak finaliga yo`l olgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi BAAning “Al Ayn” klubiga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar o`rtasidagi ilk o`yinga 24 avgust kuni “Al Ayn” klubi mezbonlik qiladi.

OFK nigohi

Server Jeparov – "Lokomotiv"

Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki

Jami o`yinlari soni – 63ta

Kiritgan gollari soni – 6ta

Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi hamda terma jamoa safida 100dan ortiq o`yin ko`rsatgan futbolchilardan biri OFK talqiniga ko`ra bu yilgi mavsumda “Lokomotiv”ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi eng muhim o`yinchilaridan biri deb topilgan. Aynan u “Lokomotiv”ning turnirdagi bu yilgi muvaffaqiyatlarida eng muhim rol o`ynagan futbolchilaridan biri.

Muvaffaqiyat kaliti

Ikki marotaba Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Jeparov bungacha, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari bilan ham bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan. Bungacha sakkiz marotaba O`zbekiston chempioni unvonini qo`lga kiritgan. Qolaversa, u Janubiy Koreya hamda Saudiya Arabistonida ham bir marotabadan chempionlikka erisha olgan.

“Paxtakor” safida 2004 yili Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalida o`ynagan futbolchi 2016 yilning avvalida O`zbekistonga qaytdi va “Lokomotiv”ning ushbu mavsumdagi ajoyib o`yinlariga o`z hissasini qo`shmoqda. Uni o`z safiga qo`shib olgan “Lokomotiv” esa, adashmadi. Aynan uning ikki bor to`p uzatishlaridan so`ng “Lokomotiv” avvalgi raundda “Al Hilol”ni mag`lub etgan edi – 2:1.

Jamoa uchun muhim o`yinchi

Bugungi kunda Server Jeparovni faxriy futbolchilar qatoriga qo`shish mumkin bo`lsa ham, u o`z iste`dodi va ayrim hususiyatlari evaziga jamoa uchun eng kerakli futbolchi bo`lishga ulgurgan. U o`z iste`dodi va tajribasi evaziga hozir ham o`yinda ko`plab golli vaziyatlar yarata oladigan salohiyatga ega. Jamoadoshlarini qulay pozisiyalarga chiqarish va ko`plab golli vaziyatlarni yarata olishi qobiliyati evaziga bugun ham futbolchi etakchilar qatorida. Aytish mumkinki, bunday saviyadagi futbolchining jamoada borligi, “Lokomotiv”ning yutug`idir.

Boshqa etakchilar

“Lokomotiv” tarkibida o`yinini tomosha qilish tavsiya etiladigan futbolchilar qatorida shuningdek, jamoa sardori Timur Kapadze va tajribali Ignatiy Nesterov ham bor. Ularning ham “Lokomotiv”ning ushbu mavsumdagi g`alabalariga qo`shgan hissasi katta. Server Jeparovdan tashqari, Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov hamda gruziyalik Kaxi Maxaradze kabi futbolchilarning tajribalari “Lokomotiv”ga ushbu mavsumda katta kuch berishi va ularni g`alabalar sari etaklashi mumkin.

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1