1

Surxondaryoda 25 yoshli yigit o`ynashining erini pichoqlab o`ldirdi

Jinoyat 26.11.2022, 12:47
Surxondaryoda 25 yoshli yigit o`ynashining erini pichoqlab o`ldirdi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida 25 yoshli yigit qotillikka qo`l urdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.

 Ma`lum qilinishicha, joriy yil 24 noyabr kuni soat 04:30 larda Denov tumanida yashovchi 47 yoshli M.R. (sudlanmagan, ishsiz) yashash xonadonida turmush o`rtog`i bilan uxlab yotgan vaqtda yuziga niqob taqib olgan noma`lum shaxs yotoqxona eshigini buzib kirib, o`zi bilan olib kelgan o`tkir tig`li jism bilan erkak tanasining turli joylariga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirgan va hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor tergov-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni M.R.ning turmush o`rtog`i bilan ikki yil davomida yashirin ravishda jinsiy aloqada bo`lib kelgan 25 yoshli A.A. (sudlanmagan, ishsiz) tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1