1

Hind shohining yarim davlatidan voz kechgan bahodir

Moziydan sado 09.06.2023, 22:44
Hind shohining yarim davlatidan voz kechgan bahodir

Pahlavon Mahmud Hindiston xalqi tomonida turib, uning dushmanlariga qarshi jangda ishtirok etibdi. Jang payti o`z jonini xatarga qo`yib bo`lsada, hind shohini o`limdan qutqaradi. Shunda shoh o`zbek bahodirining bemisl bu jasorati, mardligini taqdirlamoqchi bo`lib:      ”Tila tilagingni”, debdi.

Pahlavon Mahmud: ”Ey buyuk shoh! Bundan ancha yillar muqaddam mening vatandoshlarim - bu erga asir qilib olib kelingan. O`shalarni ozod etsangiz. Birdan bir tilagim shu!”, debdi. Shoh hayron bo`lib: ”Ey himmati baland pahlavon! Agar yarim davlatimni tilaganingda, uni gap-so`zsiz senga in`om qilgan bo`lurdim. Agar sohibjamol qizimni nikohingga olmoqni istasang, seni o`zimga kuyov etib, toju taxtimni ham qo`shib berardim. Zero, jasorating ulkan mukofotga munosibdir. Mayli, tilagingni bajo keltiraman. Vatandoshlaring ozod! Ularni Xorazmga borgunicha egulik oziq-ovqat, kiyim-bosh, ulov bilan ta`minlashni ham buyuraman!”, debdi.

Shu tarzda o`zbek asirlari ozod bo`lib, vatanga qaytgan ekan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1