1

Jahon chempioni Adhamjon Ergashev Osiyo chempionatida ham oltin medalga sazovor bo`ldi

Sport 14.11.2016, 12:13
Teglar: Sport, O`zbekiston
Jahon chempioni Adhamjon Ergashev Osiyo chempionatida ham oltin medalga sazovor bo`ldi

Yaqindagina Malayziyaning Penang shahrida og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionati bo`lib o`tganligi va unda O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Adhamjon Ergashev barcha raqiblarini ortda qoldirib jahon chempioni unvoniga sazovor bo`lganligi xaqida aytib o`tgandik. O`tgan haftada Yaponiya poytaxti Tokio shahrida sportning ushbu turi bo`yicha yoshlar va o`smirlar o`rtasida qit`a chempionati start oldi.

Musobaqaning dastlabki kunidayoq terma jamoamiz a`zosi Adhamjon Ergashev 62 kilogramm vazn toifasida dast ko`tarishda 121 kg, siltab ko`tarishda 151 kg, umumiy 272 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo`ldi va Osiyo chempionligini tantana qildi. E`tiborlisi, Adhamjon Ergashev 2014 yil Xitoyning Nankin shahrida bo`lib o`tgan o`smirlar Olimpiadasida bronza medaliga sazovor bo`lgan. Oradan bir yil o`tib, 2015 yil Polshaning Vroslav shahrida tashkil etilgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida (16 yoshida 20 yoshli sportchilar o`rtasida) 3 ta kumush medalini qo`lga kiritgan. Malayziyadagi jahon chempionatida esa 2 ta oltin, 1 ta kumush va jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo`ldi. Mana endi Adhamjon o`z shaxsiy kolleksiyasiga Osiyo chempionatining oltin medalini ham qo`shib qo`ydi.

Mutaxassislarning taxminiga ko`ra Adhamjon Ergashev xali o`z potensialini to`la namoyish eta olganicha yo`q, boisi uning imkoniyatlari xali to`liq ochib berilmaganligi, u aslida bundanda yuksak natijalarga qodir ekanligi bashorat qilinmoqda va o`z navbatida unga Ruslan Nuriddinovning munosib davomchisi sifatida baho berilmoqda. Musobaqalarning ikkinchi kuni terma jamoamizning yana bir a`zosi Muattar Nabieva 58 kilogramm vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo`ldi. Ushbu vazn toifasida oltin medal tailandlik sportchiga nasib etgan bulsa, Vetnam terma jamoasi a`zosi kumush medali bilan taqdirlandi.

Yaponiyadagi Osiyo chempionatida yurtimiz sha`nini himoya qilishi lozim bo`lgan tarkib odatdagidek, O`zbekiston og`ir atletika federasiyasining Chirchiq shahridagi doimiy bazasida emas, balki Rossiyada saralandi. Aniqrog`i, Tatariston poytaxti Qozon shahrida tashkil etilgan navbatdagi o`quv-mashg`ulot yig`ini chog`ida yoshlar va o`smirlar terma jamoamiz katta murabbiyi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy Boris Semyonovich Savchenko va uning yordamchilari Jo`rabek Zoirov va Mahmud Tog`aevlar hammasi bo`lib 17 nafar yosh atletni ko`rikdan o`tkazishdi. Yig`inning so`nggi kunida yakuniy tarkib e`lon qilindi va 17 sportchidan 10 nafari Tokioga yo`l olishi ma`lum bo`ldi. Kunchiqar yurtdagi kit`a chempionatida yurtimiz sharafini quyidagi sportchilarimiz himoya qilishmoqda: 

O`smirlar jamoasi (17 yoshgacha): Aleksandr Li va Sarvar Toshtemirov (ikkalasi ham Toshkent viloyatidan), Jasur Abduhalimov (Navoiy), Adhamjon Ergashev (Namangan).

Yoshlar jamoasi (20 yoshgacha): Shahzod Xudoyberganov va Farxodbek Sobirov (ikkalasi ham Xorazm viloyatidan), Azamat Sharipov (Buxoro), Muhammadali Qahramonov (Toshkent viloyati), Muattar Nabieva va Omadoy Otaqo`zieva (ikkalasi Andijon viloyatidan).

Osiyo chempionati dasturiga odatga ko`ra, qit`a federasiyasi rasmiy tadbirlari ham kiritilgan. Taqvim rejaga asosan, musobaqa kunlari rasman 8-16 noyabr qilib belgilangan. Ana shu kunlar orasida Osiyo OAF qoshida faoliyat ko`rsatadigan turli qo`mitalar yig`ilishlari o`tkaziladi. Ushbu yig`ilishlar delegasiyamiz a`zolari uchun bevosita ahamiyatlidir. Masalan, chempionat hakamlari ro`yxatiga kiritilgan mamlakat federasiyasi Sport direktori Zuhra Abdullaeva tibbiy va ayollar qo`mitasida ish olib boradi. O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi Olimpiya harakatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i Rashid Matkarimov esa murabbiylar va ilmiy tadqiqotlar qo`mitasi a`zosi hisoblanadi.

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1